15:20 / 04.07.2023
108

Parijdagi tartibsizliklar vaqtida politsiyaga hujum qilgan 12 yoshli bolalar hibsga olindi

Parijdagi tartibsizliklar vaqtida politsiyaga hujum qilgan 12 yoshli bolalar hibsga olindi

Foto: Sky News

Parij chekkasida 17 yoshli o‘smirning otib o‘ldirilishi ortidan boshlangan tartibsizliklar mobaynida 12-13 yoshli bolalar huquq-tartibot idoralariga hujum qilgani va o‘t qo‘ygani uchun hibsga olindi, deb xabar bermoqda Independent nashri.

Fransiyada tartibsizliklar ketma-ket olti kun davom etdi. O‘tgan hafta davomida hibsga olingan 3 354 kishining o‘rtacha yoshi 17 da, deydi Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin.

Hammasi bo‘lib, 99 ta shahar hokimiyati binolariga hujum uyushtirilgan, jumladan, L'ay-le-Roz kommunasi meri Vinsent Janbrunning uyiga yonayotgan mashina kelib urilgan. Hodisada merning rafiqasi va yosh bolalaridan biri yaralangan.

Tartibsizliklar 17 yoshli o‘smirning o‘ldirilishi ortidan boshlandi

Tartibsizliklar 28 iyunga o‘tar kechasi Parij chekkasida boshlanib, undan tashqariga ham tarqaldi. Bunga mashina haydab ketayotgan 17 yoshli o‘smirning politsiyachi talabiga binoan to‘xtashdan bosh tortgani va otib o‘ldirilgani sabab bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari voqeaning barcha holatlarini aniqlash uchun tergov boshladi. O‘smirni otgan politsiyachi hibsga olindi. U qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda.

Fransiyadagi tartibsizliklar fonida barcha madaniy tadbirlar bekor qilingan va jamoat transporti to‘xtatilgan, namoyishchilarga qarshi kurashga 45 ming politsiyachi jalb qilingan. Biroq Parijda favqulodda holat joriy etish rejalashtirilmagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parijdagi tartibsizliklar vaqtida politsiyaga hujum qilgan 12 yoshli bolalar hibsga olindi
ePN