20:23 / 04.07.2023
516

Eto′O va qizi sudlashmoqda

Eto′O va qizi sudlashmoqda

Samyuel Eto′Oning qizi otasini bir yillik qamoq jazosiga hukm qilishni talab qilmoqda.

2022 yil fevral oyida "Barselona", "Inter" va Kamerunning sobiq hujumchisi to‘rt yillik sud jarayonidan so‘ng Erika Do Rosario Niyevesni o‘zining qizi deb tan oldi. Sud Eto′Oga oyiga 1400 yevro miqdorida aliment to‘lash majburiyatini yukladi.

Ta’kidlanishicha, sobiq futbolchi bu majburiyatdan bo‘yin tovlagan - u 5 yil davomida aliment to‘lamagan. Qizning advokati Fernando Osunaning aytishicha,Samyuelning qarzi 90 ming yevro.

"U qiziga besh yildan ortiq aliment uchun qarzdor va adolatni mensimaslikda davom etmoqda. Erikaning moliyaviy ahvoli juda yomon, Eto′O esa hashamatda yashaydi", - dedi advokat "El Diario de Sevilla" nashriga bergan intervyusida.

Erika Do Rosario Niyeves Eto′Oni bir yillik qamoq jazosiga hukm qilishni talab qilmoqda. Ish Madriddagi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eto′O va qizi sudlashmoqda
ePN