21:51 / 05.07.2023
321

Xitoyning «Bir kamar – bir yo‘l» tashabbusini Hindiston qo‘llab-quvvatlamadi

Xitoyning «Bir kamar – bir yo‘l» tashabbusini Hindiston qo‘llab-quvvatlamadi

Foto: AP

Hindiston Xitoyning «Bir kamar — bir yo‘l» tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi. Bu haqda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma’lum bo‘ldi.

«Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston Xitoyning «Bir kamar – bir yo‘l» sarmoyaviy va savdo tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi», deyiladi Nyu-Dehli deklaratsiyasida.

«Bir kamar — bir yo‘l» tashabbusi 2013 yilda Xitoy rahbari Si Jinping tomonidan ilgari surilgan. Uning maqsadi Xitoyning Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa, Afrika va boshqa mintaqalar bozorlariga kirishi, shuningdek, ko‘proq davlatlar ishtirokida xalqaro savdo va sarmoyaviy loyihalarni faollashtirish va manfaatdor davlatlar kapitalidan foydalanishdan iborat. Bu tashabbusga 150 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar qo‘shilgan.

Xitoy va Hindiston o‘rtasida Himoloy tog‘larida demarkatsiya qilingan chegaraning yo‘qligi (ikki davlatni faqat nazorat chizig‘i ajratib turadi) o‘nlab yillar davomida keskinlik manbai bo‘lib kelmoqda. 1959 yilda Nyu-Dehli Xitoy tomonidan Arunachal-Pradesh shtatining bir qismi egallab olinganini e’lon qildi. 1962 yilda qurolli to‘qnashuv boshlandi, oqibatda Ladakx va Aksaychin mintaqalarida 38 ming kvadrat kilometrga yaqin hudud Xitoy nazorati ostiga o‘tdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyning «Bir kamar – bir yo‘l» tashabbusini Hindiston qo‘llab-quvvatlamadi
ePN