11:40 / 06.07.2023
907

Prigojinning pullari va qasri namoyish etildi (foto)

Prigojinning pullari va qasri namoyish etildi (foto)

«Rossiya 1» telekanalidagi «60 daqiqa» ko‘rsatuvida «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojinning Sankt-Peterburgdagi uyi va idorasidagi tintuvlarning video va fotosuratlari namoyish etildi.

Kadrlarda xavfsizlik kuchlari ofisga qanday kirib kelganini, pul solingan qutilarni ko‘rish mumkin (10 milliard rubl bo‘lgani aytiladi).

Prigojinning uyidan qurol va patronlar, bir nechta pasportlar, pariklar, oltin quymalari, turli valyutadagi pullar topilgan. Uyda vertolyot maydonchasi, basseyn, sauna, sport zali va tibbiyot kabineti mavjud.

Avval xabar berganimizdek, Putinning xos odamlaridan biri sanalgan Yevgeniy Prigojin 23 iyun kuni mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovni topshirishni talab qilgan holda harbiy isyon boshladi.

FXX Prigojinga qarshi harbiy qo‘zg‘olon uchun jinoiy ish ochdi. Putin «Vagner» shirkati rahbarining harakatini «orqadan pichoq urish» va «xiyonat» deb atadi.

Pirovardida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko vositachiligida isyonchilar bilan sulhga erishilgani xabar qilindi.

«Vagner» bo‘linmalari o‘z lagerlariga qaytishi, Prigojin esa Belarusga ketishi haqida kelishuvga erishilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prigojinning pullari va qasri namoyish etildi (foto)
ePN