16:23 / 06.07.2023
255

Suriya osmonida Rossiya qiruvchilari AQSH dronlariga xavfli darajada yaqin uchdi

Foto: Global Look Press

Rossiyaning uchta qiruvchi samolyoti 5-iyul kuni Suriya osmonida Amerika dronlariga xavfli darajada yaqin uchib, ularning yo‘nalishdan og‘ishiga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda AQSH Harbiy havo kuchlari.

AQSH Harbiy havo kuchlari markaziy qo‘mondonligi Rossiyaning Su-35 samolyoti Amerika MQ-9 Reaper droniga yaqinlashayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. Unda dronning parvoz yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan bir nechta parashyutli raketalar ko‘rsatilgan.

“AQSHning uchta MQ-9 uchuvchisiz uchoqlari ISHIDga qarshi missiyani amalga oshirayotgan bir paytda Rossiyaning uchta qiruvchi samolyoti ularni ta’qib qila boshladi”, — dedi AQSH Harbiy-havo kuchlari general-leytenanti Aleksus Grinkevich.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya samolyotlari dronlar oldiga bir nechta parashyutli signal raketalarini tashlagan, rossiyalik uchuvchilardan biri o‘z samolyotini MQ-9 oldiga joylashtirgan, forsaj kamerani yoqib, shu orqali operatorning dronni xavfsiz boshqarish imkoniyatini pasaytirgan”.

Grinkevich Rossiya qiruvchilarining uchuvchisiz uchoqlarga qarshi manyovrlarini “xavfli va noprofessional” deb atadi hamda Moskvani “bunday harakatni to‘xtatishga” chaqirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriya osmonida Rossiya qiruvchilari AQSH dronlariga xavfli darajada yaqin uchdi
ePN