18:08 / 07.07.2023
654

Zelenskiy ukrainaliklar uchun urush qanday sharoitda tugashini aytdi

Zelenskiy ukrainaliklar uchun urush qanday sharoitda tugashini aytdi

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy barcha ukrainaliklar uchun qanday sharoitlarda urush tugashini aytdi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Zelenskiyning fikricha, g‘alaba bir toifadagi odamlar uchun emas, balki hamma uchun bo‘lishi kerak. Ukraina rahbari Pragada Chexiya bosh vaziri Pyotr Fiala bilan qo‘shma brifingda bu haqda gapirdi.

“Urush qachon tugashini hech kim bilmaydi. Lekin u Ukraina o‘z mustaqilligi va hududlari kafolatiga ega bo‘lishi bilan yakunlanishi aniq. Bu nafaqat Ukraina uchun, balki butun Yevropaning xavfsiz kelajagi uchun ham muhimdir”, — dedi Fiala.

U hozirda urush qachon tugashi noma’lum ekani, biroq Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi uchun eshik ochish zarurligini bildirdi.

“G‘alaba nima va urush nima bilan tugaydi? Bu yo‘qotishlarga bog‘liq: uyini yo‘qotganlar bor, yaqinlarini yo‘qotganlar ham bor. Men bu g‘alaba bitta toifadagi odamlar uchun emas, balki hamma uchun bo‘lishini xohlayman”, — dedi Zelenskiy.

Shu sababli, Zelenskiy Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini tiklash, ukrainaliklarni Rossiya asirligidan qaytarish, Rossiya tomonidan olib ketilgan bolalarni vataniga qaytarish, shuningdek, Ukrainadagi jinoyatlar uchun aybdorlarni jazolash muhimligini ta’kidladi.

“Bu barchamizni birlashtiradigan asosiy narsalar”, — dedi Ukraina prezidenti.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy ukrainaliklar uchun urush qanday sharoitda tugashini aytdi
ePN