AQSH prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Ukrainaning urush tugashidan oldin NATOga qabul qilinishi Shimoliy Atlantika alyansi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga tahdid soladi. Bu haqda Amerika OAVlari xabar bermoqda.
Baydenning fikricha, alyansda Ukraina hozir, mojaro yuz berib turgan bir paytda NATOga qabul qilinishi kerakmi yoki yo‘qmi degan masala mavjud.
Uning ta’kidlashicha, agar bu amalga oshadigan bo‘lsa, unda NATO hududining har bir qarichi uchun kurashadi.
«Agar urush bo‘lsa, unda biz hammamiz qatnashamiz. Agar hammasi shunday bo‘lganida, biz Rossiya bilan urush holatida bo‘lardik», — dedi AQSH prezidenti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar