15:44 / 08.07.2023
192

Texasda 23 kishini otib o‘ldirgan yigit 900 yilga qamaldi

Texasda 23 kishini otib o‘ldirgan yigit 900 yilga qamaldi

Patrik Kruzius
Foto: Euronews

AQSHning Texas shtatida 24 yoshli Patrik Kruzius 20 dan ortiq odamni o‘ldirganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Xabarlarga ko‘ra, 2019 yil 3 avgust kuni “texaslik mergan” Allen shahridan El-Pasoga qasddan borgan va Walmart do‘konidagi meksikalik xaridorlarga qarata AK-47 avtomatidan o‘t ochgan.

Hujum oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan, yana 20 nafar fuqaro turli tan jarohatlari olgan.

2023 yilning fevral oyida Kruziusning advokatlari va prokurorlari jazoni yengillashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ayblanuvchi barcha 90 ta band bo‘yicha — ulardan 23 tasi nafrat bilan bog‘liq — sodir etilgan jinoyatlarda o‘z aybini tan oldi.

Patrik Kruzius 90 karra umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi (900 yil).


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Texasda 23 kishini otib o‘ldirgan yigit 900 yilga qamaldi
ePN