07:50 / 10.07.2023
281

Janubiy afrikalik ruhoniy Islom dinini qabul qilib, Haj ziyoratini ado etdi

Janubiy afrikalik ruhoniy Islom dinini qabul qilib, Haj ziyoratini ado etdi

Bu yil sobiq xristian pastori Ibrohim (Abraham) Richmond Saudiya Arabistoniga Hajga borgan ikki milliondan ortiq musulmonlar orasida edi.

Sobiq ruhoniy Janubiy Afrika fuqarosi bo‘lib, u bir necha bor bir xil tush ko‘rganidan keyin islomni qabul qilgan. Uning ruhoniy sifatida minglab izdoshlari bor edi.

Uning aytishicha, tushida u: “Qavmingga oq kiyim, oq bosh kiyim kiyishga buyur!” degan buyruqni eshitgan. Pastor bunga e’tibor bermagan, biroq bu tush bir necha marta takrorlanganidan so‘ng bu buyruqni izdoshlariga yetkazgan. So‘ng islomni qabul qilgan.

Richmond Saudiya Arabistoniga Hajga kelganida unga o‘nlab izdoshlari hamroh bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni hukumatining rasmiy tvitter akkaunti tomonidan joylashtirilgan videoga ko‘ra, ismini Ibrohimga almashtirgan Abraham Richmond hayotlik paytida uni hidoyatga boshlagan Allohga hamdlar aytgan. Yana uning xabariga ko‘ra, minglab izdoshlari ham islomga kirishgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy afrikalik ruhoniy Islom dinini qabul qilib, Haj ziyoratini ado etdi
ePN