11:11 / 10.07.2023
932

Zelenskiy Ukrainadagi urushni besh daqiqada tugatish yo‘lini aytdi

Zelenskiy Ukrainadagi urushni besh daqiqada tugatish yo‘lini aytdi

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Agar Kiyev Rossiya nazorati ostiga o‘tgan hududlardan voz kechsa, AQSH prezidenti Jo Bayden besh daqiqada Ukrainadagi urushga barham bergan bo‘lar edi, ammo Kiyev bunday yo‘lga rozi bo‘lmaydi, dedi Vladimir Zelenskiy ABC News telekanaliga bergan intervyusida.

Zelenskiy AQSHda 2024 yil noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda g‘alaba qozonsa, prezidentligining birinchi kunida urushni tugatishga va’da bergan Donald Trampning bayonotlariga shunday munosabat bildirdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Trampda “bir safar” mojaroga barham berish imkoniyati bo‘lgan (Donald Tramp 2016 yildan 2020 yilgacha AQSH prezidenti edi).

Bir vaqtlar Donald Trampda o‘sha 24 soat bor edi. Biz urush ichida edik, keng ko‘lamli urush emas, lekin urushda edik, taxminimcha, uning ixtiyorida bu vaqt bor edi, lekin u boshqa narsalarni ustuvor bilgan bo‘lsa kerak”, — dedi Ukraina prezidenti.

AQSHda bo‘lajak saylovlar va undan keyin Vashingtonning Kiyevga yordami to‘xtashidan xavotirdamisiz, degan savolga Zelenskiy bu AQSHning ichki siyosiy muammosi ekanini aytdi. Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev Amerikadagi har ikkala partiya ma’qullaydigan yordamni saqlab qolishga umid qilmoqda.

Avval ham Zelenskiy NBC telekanaliga bergan intervyusida Donald Trampning Oq uyga qaytgan taqdirda, Ukrainadagi urushni 24 soat ichida to‘xtatish haqidagi va’dalariga ishonmasligini aytgandi.

Tramp o‘tgan yilning kuzida 2024 yilda prezidentlikka nomzodini qo‘yish niyatini ma’lum qilgandi. G‘alaba qozongan taqdirda u Ukrainadagi mojaroni hatto, “inauguratsiyadan oldin” hal qilishga va’da berdi. U bir necha bor Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik muzokaralari zarurligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, siyosatchi AQSHning amaldagi prezidenti Jo Baydenning Ukrainaga nisbatan qadamlarini tanqid qilib keladi: “U tizimli ravishda, lekin, ehtimol, ongsiz ravishda bizni uchinchi jahon urushiga olib bormoqda”.

Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ukrainadagi urushni besh daqiqada tugatish yo‘lini aytdi
ePN