19:40 / 10.07.2023
580

Rossiyada piyoz narxi tarixdagi maksimal ko‘rsatkichni qayd etdi

Rossiyada piyoz narxi tarixdagi maksimal ko‘rsatkichni qayd etdi

2023 yil may oyida Rossiya do‘konlarida piyozning o‘rtacha narxi kilogrammi uchun 73,3 rublga (salkam 9500 so‘m) yetdi. Bu Rosstat kuzatuvlari tarixidagi kamida 2000 yildan buyon maksimal ko‘rsatkichdir. Bu haqda RBK xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bahor oxiri va yoz boshida mahalliy mahsulotlar zaxirasi tugab borayotgani sababli boshqa sabzavotlar kabi piyoz ham mavsumiy ravishda qimmatlashib, bozorga import mahsulotlar kirib kela boshlaydi.

So‘nggi o‘n yil ichida may oyida piyoz narxi bir kilogramm uchun 30-40 rubl (taxminan 4000 va 5000 so‘m) oralig‘ida o‘zgarib turgani aytilmoqda. 2022 yil may oyida, sanksiyalar tufayli import qilinadigan mahsulotlar yetkazib berishda keng ko‘lamli uzilishlar kuzatilganida, piyoz hali ham hozirgidan 29 foizga (2022 yilda o‘rtacha bir kilogramm uchun 56,8 rublni (7200 so‘m) tashkil etgan) arzon bo‘lgan.

Meva-sabzavotchilik milliy ittifoqi ijrochi direktori Andrey Kazakovning tushuntirishicha, O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘istonda qish anomal sovuq kelishi fonida piyoz yetishmovchiligi yuzaga kelib, uning narxi qimmatlashgan.

Yanvar oyidagi ayoz omborlarda saqlanadigan sabzavotlarning yomonlashishiga olib keldi va bahorda bu mamlakatlar piyoz zahiralarini to‘ldirmaguncha uni eksport qilishni taqiqladi", — dedi Kazakov.

Rossiya bozoriga piyoz yetkazib beruvchi asosiy davlatlar Misr, Xitoy, Turkiya va O‘zbekiston hisoblanadi.

2022 yilning yanvar—noyabr oylarida Rossiya ushbu mamlakatlardan mos ravishda 46 ming tonna, 22 ming tonna, 20 ming tonna va 17 ming tonna piyoz olgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada piyoz narxi tarixdagi maksimal ko‘rsatkichni qayd etdi
ePN