23:43 / 10.07.2023
245

NATO bosh kotibi Xitoy pozitsiyasini tanqid qildi

NATO bosh kotibi Xitoy pozitsiyasini tanqid qildi

Foto: Reuters

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Xitoy “Moskvaning harbiy muvaffaqiyatsizliklaridan saboq olayotgani” haqida gapirib, Pekinning pozitsiyasini tanqid qildi. Bu haqda Newsweek xabar berdi.

Stoltenbergning fikricha, Pekin “Rossiyanning Ukrainaga qarshi agressiyasi uchun qanday tovon to‘lashini yoki nimaga erishishini kuzatmoqda”.

Yadro ittifoqi Xitoyni raqib sifatida ko‘rmaydi”, — dedi Stoltenberg.

Lekin u Pekinni “Rossiya bilan iqtisodiy, diplomatik va harbiy hamkorlikni kuchaytirish” o‘rniga, Moskvadan Ukrainadagi urushni tugatishi uchun vositachilik qilishga chaqirdi.

Xitoyning Tayvanni markaziy nazorat ostiga olish va’dasiga ishora qilgan Stoltenberg “Xitoy hukumatining xorijda tobora qattiqqo‘l xatti-harakatlari va mamlakatdagi repressiv siyosati NATOning xavfsizligi, qadriyatlari va manfaatlariga tahdid solmoqda”, deb atadi.

Ukrainadagi urush xalqaro e’tiborni Pekinning Taypeyni qaytarib olish harakatlariga qaratdi va Xitoy orol atrofida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Pekin o‘z qo‘shnilariga tahdid solmoqda va boshqa davlatlarni qo‘rqitmoqda”, — deya xulosa qildi Stoltenberg.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO bosh kotibi Xitoy pozitsiyasini tanqid qildi
ePN