07:00 / 11.07.2023
319

Erdo‘g‘on Shvetsiyani NATOga qabul qilish borasida yangi ultimatum qo‘ydi

Erdo‘g‘on Shvetsiyani NATOga qabul qilish borasida yangi ultimatum qo‘ydi

Foto: AP Photo

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shvetsiyani NATOga qabul qilish Turkiya Yevropa Ittifoqiga qabul qilinganidan keyin amalga oshishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Bizga berilgan barcha va’dalar amalga oshishini istaymiz. Turkiya Yevropa Ittifoqi eshigida 50 yil kutishga majbur bo‘ldi. Bizni kutishga majburlayotgan bu davlatlarga Vilnyusda shuni aytaman: avval Turkiya uchun Yevropa Ittifoqi eshiklarini oching, keyin Finlyandiyaga nisbatan ilgari qilganimizdek, Shvetsiyaga ham yo‘l ochamiz”, — dedi Erdo‘g‘on.

Turkiya rahbari NATO sammiti uchun Vilnyusga uchishdan oldin Istanbul Otaturk aeroportida tegishli bayonotni berdi. U mazkur shartni AQSH prezidenti Jo Baydenga yetkazganini ta’kidladi.

Turkiya 1999 yildan beri nomzod maqomida, Xorvatiya ayni damda YEIga oxirgi bo‘lib qo‘shildi — bu 2013 yilda sodir bo‘ldi. Mazkur jarayon o‘n yil davom etdi. 2016 yildan beri Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralar amalda to‘xtatilgan.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shvetsiyadan NATOga a’zolik arizasini tasdiqlash uchun 130 nafar “terrorchi”ni ekstraditsiya qilishni talab qilgandi. Erdo‘g‘on Stokgolm 130 nafar “terrorchi”ni Anqaraga ekstraditsiya qilgandan keyingina Turkiya Shvetsiyaning NATOga kirishini ma’qullashini aytgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on Shvetsiyani NATOga qabul qilish borasida yangi ultimatum qo‘ydi
ePN