22:08 / 11.07.2023
757

Budanov: 'Vagner' isyon kuni yadroviy omborga bordi, lekin eshikni ocholmadi

Budanov: 'Vagner' isyon kuni yadroviy omborga bordi, lekin eshikni ocholmadi

Foto: LIGA

Rossiyada isyon paytida “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi yollanma askarlari yadro qurollari saqlanadigan Voronej-45 bazasiga yetib borgan. Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov Reuters'ga bergan intervyusida bu haqda gapirdi.

Mahalliy aholi tomonidan olingan video va intervyularga ko‘ra, “Vagner”chilarning bir qismi Moskva tomon harakatlanar ekan, avtomagistral bo‘ylab sharqqa, mustahkamlangan Rossiya armiyasi bazasi yo‘nalishiga burilib ketgan. Biroq kuzatuv Voronej-45 yadro bazasidan 100 kilometr uzoqlikda tugaydi.

Budanov “Vagner”chilar ancha oldinga siljishganini ta’kidlaydi. Ular bazaga yetib borgan va o‘zlarining isyonda ulushini oshirish uchun “sovet davridagi kichik yadroviy qurilmalar”ni xohlagan.

“Agar oxirigacha kurashishga tayyor bo‘lsangiz, unda bu baza stavkani sezilarli darajada oshiradigan obyektlardan biridir”, — deydi Ukraina razvedka rahbari.

Jangarilar va yadro qurollari o‘rtasidagi yagona to‘siq yadroviy omborxona eshigi bo‘lgani aytilmoqda.

“Omborxona eshiklari yopiq edi, ular texnik qismga kirmadi”, — ta’kidlaydi Budanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Voronej-45 bazasida kichik yadroviy qurilmalar saqlanadi, ularni hatto ryukzakda ham olib yurish mumkin.

“Bu ryukzaklarni saqlash uchun asosiy joylardan biri edi”, — deydi u.

Noma’lum sabablarga ko‘ra yollanma askarlar orqaga chekingan. Ayni paytda Kremldagi manba bu ma’lumotni tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Vagner” “alohida qiziqish zonasiga kirishga muvaffaq bo‘lgan, bundan amerikaliklar xavotirlangan, chunki u yerda yadro qurollari saqlangan”.

Prigojin isyoni

“Vagner” bilan bog‘liq voqealar Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini vagnerchilar lageriga zarba berishda ayblab, javob berishga va’da berganidan keyin boshlandi. 24 iyun kuni ertalab “Vagner” kuchlari Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtab-kvartirasini to‘sib, Moskva tomon yo‘l oldi. Rossiya Mudofaa vazirligi ayblovlarni rad etib, buni provokatsiya deb atadi.

O‘sha kuni kechqurun Lukashenko bilan muzokaralar natijasida Prigojin chekinishni e’lon qildi. Kreml Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishi, vagnerchilar jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va Prigojinning o‘zi Belarusga ketishi mumkinligini bildirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Budanov: 'Vagner' isyon kuni yadroviy omborga bordi, lekin eshikni ocholmadi
ePN