16:07 / 12.07.2023
224

Oq uydagilar Ukrainaga ATACMS raketalarini berishni muhokama qilyapti

Foto: U.S. Army

AQSH prezidenti ma’muriyatida taxminan 300 kilometr masofaga uchadigan ATACMS raketalarini Ukrainaga yetkazib berish ehtimoli bo‘yicha ommaviy muhokamalar olib borilmoqda, deb xabar berdi The New York Times ikki amerikalik va bir yevropalik amaldorga tayanib.

Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, gap hozir zaxirada mavjud bo‘lgan bir nechta “yer-yer” sinfidagi boshqariladigan raketalarni yetkazib berish haqida ketmoqda.

AQSH Ukrainaga uzoq masofali raketalarni topshirishda ikkilanyapti, chunki ATACMS arsenalining hajmi nisbatan kichik bo‘lib, mavjud raketalar allaqachon boshqa hududlarda, jumladan, Koreya yarimorolida joylashtirilgan. Bundan tashqari, Pentagonning fikricha, hozirgi bosqichda Ukraina uzoq masofali raketalarga muhtoj emas, deb tushuntirdi NYT.

O‘z navbatida, Lockheed Martin kompaniyasi vakili 1980-yillarda raketani ishlab chiqish boshlanganidan beri ATACMS atigi to‘rt ming nusxada ishlab chiqarilganini aytdi.

Muhokamalar Fransiyaning kamida 250 kilometr masofaga ucha oladigan SCALP (Storm Shadow) raketalarini Ukrainaga berish to‘g‘risidagi qarori fonida o‘tkazilmoqda.

The New York Times gazetasiga ko‘ra, endi AQSH ittifoqchilaridan o‘rnak olishi va ATACMS’ni topshirishi mumkin yoki aksincha, bu g‘oyadan voz kechadi, chunki Kiyev allaqachon Buyuk Britaniya va Fransiyadan bir qator uzoq masofali raketalarni olgan.

Kiyev Vashingtondan ATACMS raketalarini bir necha bor so‘ragan va Ukraina ulardan Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berishda foydalanmasligiga ishontirgan.

May oyida Buyuk Britaniya Ukrainaga 250 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan Storm Shadow qanotli raketalarini yubordi, Fransiya esa NATOning Vilnyusdagi sammitida xuddi shunday SCALP havodan uchiriladigan raketalarni yetkazib berishini bildirdi. Reuters manbalariga ko‘ra, Fransiya va’da qilgan raketalarning bir qismi allaqachon Ukrainada.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uydagilar Ukrainaga ATACMS raketalarini berishni muhokama qilyapti
ePN