00:10 / 13.07.2023
561

Reznikov Ukraina uchun “Isroil ssenariysi” taklif qilinishini aytdi

Foto: Getty Images

Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov mamlakat uchun “Isroil ssenariysi” taklif qilinishi haqida gapirdi. U bunday xavfsizlik kafolatlarini shubha ostiga olishini bildirdi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Mudofaa vaziri “Katta yettilik” yetakchilari Ukrainaga taklif qilishi kerak bo‘lgan “isroilcha” kafolatlardan xavotirda ekanini aytdi.

“Budapesht memorandumidan so‘ng (Buyuk Britaniya, AQSH va Rossiya o‘rtasida 1994-yilgi kelishuv, unda Moskva Ukrainaga hujum qilmaslik va unga moliyaviy tahdid qilmaslikka va’da bergandi) biz hech qanday sarmoyasiz qog‘ozlarga ishonmaymiz”, — dedi u.

Litva prezidenti Gitanas Nauseda ham Ukraina uchun “Isroil ssenariysi”ga shubha bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat beshinchi modda xavfsizlikning haqiqiy kafolatlarini berishi mumkin, chunki “boshqa muqobillar yo‘q”.

Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari — so‘nggi yangiliklar

11-iyul kuni Vilnyusda NATO sammiti boshlandi. Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olishni, shuningdek, alyansga a’zolik to‘g‘risida qaror qabul qilinishini kutgandi.

12-iyul kuni G7 davlatlari Ukraina uchun uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlarini tayyorlagani maʼlum bo‘ldi. Ular “tarixiy” va Rossiya bilan urushning hozirgi bosqichini yakunlash sari qadam deb baholangan.

Bundan tashqari, hamkorlar Ukraina bilan individual muzokaralar o‘tkazib, Kiyevning mudofaa qobiliyatini oshirish va Rossiya hujumini to‘xtatish bo‘yicha ikki tomonlama xavfsizlik majburiyatlarini taklif qilish kutilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Reznikov Ukraina uchun “Isroil ssenariysi” taklif qilinishini aytdi
ePN