18:41 / 13.07.2023
446

Shvetsiyada Qur’onni yoqishini aytgan erkak NATO nizomini yoqib yubordi

Shvetsiyada Qur’onni yoqishini aytgan erkak NATO nizomini yoqib yubordi

Foto: TT

Shvetsiya shaharlaridan birida erkak ruxsat etilgan miting chog‘ida NATO nizomini yoqib yubordi. U avvalroq diniy matnni yoqib yuborishini aytgandi. Bu haqda Aftonbladet xabar berdi.

Erkak miting o‘tkazish uchun yozgan arizasida diniy matnni yoqib yubormoqchi ekanini ko‘rsatgan. Ko‘pchilik Qur’onning navbatdagi yoqib yuborilishidan xavotirlangani fonida erkak Xelsingborgdagi namoyishda alyansga muxolif ekanini aytib, NATO nizomini yoqib yuborgan.

Ruxsat etilgan mitingda 200 ga yaqin odam qatnashgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, miting tartibsizliklarsiz yakunlangan.

2023 yil yanvar oyida Daniyaning islomga qarshi “Stram Kurs” (“Qattiq kurs”) partiyasini boshqarayotgan o‘ta o‘ngchi siyosatchi Rasmus Paludan Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi yaqinida musulmonlar uchun muqaddas kitobni yoqib yuborgandi.

Shundan keyin Turkiya norozilik sifatida Shvetsiya mudofaa vazirining tashrifini bekor qilgan. Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on esa mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgandi.

28 iyun kuni Stokgolmda iroqlik erkak Qur’onni yoqib yubordi. Bag‘dod Qur’onning yoqilishini qoralab, “salbiy” oqibatlaridan ogohlantirdi va bu aksiyaning “so‘z erkinligiga hech qanday aloqasi yo‘qligini” ta’kidladi. Turkiya hodisani “islomga qarshi harakat” deb atadi, Marokash esa o‘z elchisini mamlakatdan chaqirib olishga qaror qildi. “Tolibon” Qur’on yoqilishiga javoban Shvetsiyaning Afg‘onistondagi muassasalari faoliyatini taqiqladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiyada Qur’onni yoqishini aytgan erkak NATO nizomini yoqib yubordi
ePN