AQSH prezidenti Jo Bayden Finlyandiya prezidenti sauli Niinistyo bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani chog‘ida Ukrainaning Rossiya urushi fonida NATOga kirishi uchinchi jahon urushining boshlanishini anglatishini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
«Urush harakatlari davomida NATOga hech kim qo‘shilmaydi: NATOga a’zo davlatga hujum uchinchi jahon urushini anglatadi. Gap ularning a’zo bo‘lish-qo‘shmasligida emas, qachon NATOga a’zo bo‘lishida», — dedi Amerika yetakchisi.
Bundan oldin AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham Ukraina urush tugagandan so‘ng Shimoliy Atlantika alyansi tarkibiga kirishi mumkinligini aytgan.
Jo BaydenFinlyandiya PrezidentiUkraina Rossiya UrushiNATOga KirishUchinch Jahon UrushiMudofaa Vaziri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing