Foto: Bojxona
Qirg‘izistonning «Aydarken» otryadi chegarachilari bojxonachilar bilan hamkorlikda chegaradan noqonuniy ravishda tovar olib o‘tish holatini aniqladi.
Qayd qilinishicha, E.U. boshqaruvidagi «KamAZ» yuk avtomobilida 7 tonna nosvoy bo‘lgan.
Chegarachilarning ma’lum qilishicha, nosvoy O‘zbekistonning Cho‘ng‘ara anklavidan Qirg‘iziston hududida sotish maqsadida o‘tkazish punktlarini chetlab o‘tib, noqonuniy olib kirilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va yuk qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun bojxonachilarga topshirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar