Gazdan iborat ulkan sayyoraning sirlari yanada aniq bo‘ladi

Quyosh tizimidagi eng katta sayyoraning aniq suratlari olindi
Gazdan iborat ulkan Yupiter sayyorasining orbitasiga kirish joyidan "Yunona" sayyoralararo avtomatik stansiyasining jo‘natgan materiallari asosida Evropa janubiy observatoriyasi Yupiterning aniq suratlarini e’lon qildi. Rasmlar infraqizil diapazonda Juda Katta Teleskop (VLT) yordamida suratga olingan. Bu haqda Evropa janubiy observatoriyasi RIA Novostiga ma’lumot berdi.
Ushbu suratlar orqali olingan ma’lumotlar asosida Yupiterning xaritasi tuziladi va "Yunona" stansiyasining vazifasi yanada to‘liq bajarilishiga ko‘mak beriladi, deya aniqlik kiritishadi mutaxassislar.
"Turli to‘lqin uzunliklarida spektrning infraqizil qismi orqali sayyoralarni kuzatish bizga ularning aylanish quvvati va ularning atmosfera hamda yuzasida qanday holatlar yuz berayotganini uch o‘lchamli tasvirda ko‘rish imkonini beradi" - deydi Buyuk Britaniyaning Lester universiteti xodimi Li Fletcher.
Oddiy observatoriya sharoitida Yupiter va boshqa gazli ulkan sayyoralarni kuzatish ancha mushkul, negaki, er sayyorasining atmosferasidagi chang-to‘zon tufayli suratlar aniq chiqmaydi. Shuning uchun suratlar tiniqligi va sifatini oshirish maqsadida smartfon ishlab chiqaruvchilarining kamerani yaxshilash usulini qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Ular buning uchun (VLT) teleskopi orqali olingan suratlarning eng tiniqlarini tanlab olib, ularni birlashtirishdi, shunda Yupiterning aniq va sifatli tasviri hosil bo‘ldi.
"Yunona" 2011 yilning 5 avgustida kosmosga chiqarilgan. U shu yilning 4 iyulida Yupiterga yaqin kelishi kerak. Apparat svyyora orbitasida bir yilcha bo‘ladi. Bu vaqt mobaynida u Yupiter atrofini 5 ming km uzoqlikda 33 marta aylanib chiqadi. Ulkan sayyorani bir marta aylanib chiqishi er vaqtining 14 sutkasiga to‘g‘ri keladi. Astronomlar "Yunona" Yupiter qanday tuzilganligini to‘liq o‘rganishda qo‘l kelishiga umid qilishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing