22:22 / 14.07.2023
281

Eronda hijob o‘rash qoidasini buzgan ayol qamoqqa tashlandi

Eronda hijob o‘rash qoidasini buzgan ayol qamoqqa tashlandi

Foto: AFP

Eron jinoiy sudi hijob o‘rash qoidasini buzgan ayolni “aqlli” videokuzatuv kamerasi orqali kuzatganidan keyin qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.

Erondagi inson huquqlari faollari tashkiloti tegishli bayonotni berdi. Jumladan, Tehron Jinoyat sudining 1088-bo‘limi ismi oshkor etilmagan ayolga hijob qonunlarini buzganlikda ayblab hukm chiqargan. Ayolga ehtimoliy “Eronga qarshi axloqi” uchun ikki yillik sayohat taqiqi va ikki oylik qamoq jazosi berilishi kutilmoqda.

Sudya ayolning hijob bo‘yicha majburiy qonunlarga rioya qilmasligi “davolanishi kerak bo‘lgan kasalligi” borligini bildirishini aytgan. Ayblanuvchiga qo‘shimcha ravishda ruhiy tekshiruvdan o‘tish buyurilgan.

“Hijob o‘rashdan bosh tortganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilish ayollar va qizlarning so‘z erkinligi huquqining buzilishi hisoblanadi. Bu harakat jiddiy tashvish uyg‘otadi va uni qoralash kerak”, — deydi Erondagi inson huquqlari faollari tashkiloti.

Eron 16 sentyabr kuni islomiy shariat asosida ayollar uchun kiyinish qoidalarini buzganlikda gumon qilinib hibsga olingan 22 yoshli eronlik kurd Mahsa Aminiyning o‘limi tufayli yuzaga kelgan namoyishlardan larzaga keldi.

Namoyishlar boshlanganidan beri minglab odamlar hibsga olingan va bir necha namoyishchilar qatl etilgan.

Aprel oyida Eron hukumati hijob o‘ramagan ayollarni aniqlash va jazolash uchun jamoat joylariga kameralar o‘rnatayotgani ma’lum bo‘lgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda hijob o‘rash qoidasini buzgan ayol qamoqqa tashlandi
ePN