date
views 121

Pentagon: «Vagner» hozir Ukrainadagi janglarda qatnashmayapti

Pentagon: «Vagner» hozir Ukrainadagi janglarda qatnashmayapti

AQSH Mudofaa vazirligi «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi Ukrainadagi urushda faoliyatini to‘xtatganini qayd etdi.

Bu haqda Pentagon matbuot kotibi, brigada generali Patrik Rayder brifing chog‘ida ma’lum qildi.

«Hozirgi bosqichda biz «Vagner» jangchilari Ukrainadagi jangovar operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etayotganini ko‘rmayapmiz», dedi u.

12 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi «vagnerchilar» 2 mingdan ortiq texnika va qurol-yarog‘larni Rossiya Qurolli kuchlariga topshirganini ma’lum qilgan edi.

13 iyul kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Vagner» XHK «yuridik jihatdan mavjud emas», chunki Rossiyada xususiy harbiy tashkilotlar to‘g‘risida qonun yo‘qligini aytdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon: «Vagner» hozir Ukrainadagi janglarda qatnashmayapti