15:18 / 15.07.2023
297

Janubiy Koreya prezidenti kutilmaganda Ukrainaga tashrif buyurdi (foto)

Foto: UNIAN

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Ukrainaga keldi, deb xabar bermoqda uning matbuot xizmati. Tashrif haqida oldindan e’lon qilinmagan edi.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, Yun Sok Yol allaqachon Bucha va Irpenda bo‘lgan.

Foto: UNIAN
Foto: UNIAN
Foto: UNIAN

Safar davomida Janubiy Koreya rahbari prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, urushda halok bo‘lganlar xotirasiga gulchambar qo‘yishni rejalashtirgan.

Yonhap agentligiga ko‘ra, tashrif Janubiy Koreya prezidentning Yevropaga safarini yakunlab beradi. Dastlab u NATO sammiti o‘tkazilgan Litvada bo‘ldi, keyin Polshaga yo‘l oldi.

Hozircha Janubiy Koreya Ukrainaga faqat gumanitar va iqtisodiy yordam ko‘rsatgan. Aprel oyida mamlakat prezidenti Yun Sok Yol, agar mamlakatda tinch aholiga tahdid sezilarli darajada kuchaysa, Ukrainaga o‘q-dorilar va zirhli texnikalar jo‘natilishini istisno qilmagan edi. May oyi boshida o‘sha paytda AQSHda bo‘lib turgan prezident Kiyevga qurol yetkazib berish imkoniyati haqidagi savolga, bu variant ko‘rib chiqilayotganini aytgan.

BBC rus xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya eng yirik o‘q-dori ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatda og‘ir zirhli mashinalar ishlab chiqariladi, K-2 koreys jangovar tanklari yuqori baholanadi va ko‘p eksport qilinadi. BBC, shuningdek, Janubiy Koreyada Ukraina Qurolli kuchlariga berilishi mumkin bo‘lgan sovet harbiy texnikasi, jumladan, T-80U tanklari zaxirasi borligini ta’kidlaydi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya prezidenti kutilmaganda Ukrainaga tashrif buyurdi (foto)
ePN