
Oxirgi 40 yillikda Yer sayyorasida olti marta “El-Ninyo” hodisasi kuzatilgan. Bu hodisa Tinch okeani katta suv massasi haroratining meʼyordan ortishiga va global haroratning keskin ko‘tarilishiga olib keladi.
Iyul oyi boshida so‘ngi yetti yil ichida birinchi marta “El-Ninyo” sharoiti yuzaga kela boshladi. O‘tmishda sodir bo‘lgan “El-Ninyo”lar butun dunyo qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotiga muammolar tug‘dirgan. Shuning uchun ekspertlar barcha mamlakatlar uning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun choralar ishlab chiqishi zarurligini takrorlamoqda.
Xususan, so‘nggi 40 yillikdagi barcha “El-Ninyo” hodisalari dunyoda havo haroratining meʼyorga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘lishini taʼminlab kelgan. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov Telegram’dagi kanalida maʼlumot berdi.
Oxirgi 40 yil ichida “El-Ninyo” hodisalari quyidagi yillarda kuzatilgan:
- 1982-yilda;
- 1987-yilda;
- 1991-yilda;
- 1997—1998-yilda;
- 2009—2010-yil;
- 2015—2016-yil.
Iqlimshunoslar kelayotgan qish oylari “El-Ninyo” taʼsirida iliq bo‘lishi mumkinligini prognoz qilmoqda.
Prognozlarga ko‘ra, 2024-yil dunyoda oxirgi 8-9 yillik va kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!