16:48 / 15.07.2023
874

Shvetsiyada Tavrotni yoqishga ruxsat berildi: Isroil bundan darg‘azab

Shvetsiyada Tavrotni yoqishga ruxsat berildi: Isroil bundan darg‘azab

Isroil prezidenti Itsxak Gersog juma kuni Shvetsiya hukumatini yahudiylarning muqaddas kitobi Tavrot nusxasini ommaviy ravishda yoqib yuborishga ruxsat berganini keskin qoraladi.

Ashkenazi bosh ravvini esa Shvetsiya bosh vaziriga shanba kuni rejalashtirilgan tadbirni bekor qilishga chaqirdi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Juma kuni Shvetsiya politsiyasi Stokgolmdagi Isroil elchixonasi oldida yahudiylikning muqaddas kitobi Tavrot va Injilni yoqish uchun shanba kuni ommaviy yig‘ilish o‘tkazishga ruxsat bergan edi.

Isroilning i24 axborot sayti xabariga ko‘ra, Isroil prezidenti Itsxak Gersog: “Men Shvetsiyaning muqaddas kitoblarni yoqishga ruxsat berganini so‘zsiz qoralayman. Isroil davlati prezidenti sifatida butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas bo‘lgan Qur’onning yoqib yuborilishini qoraladim va hozir ham xuddi shunday taqdirni yahudiylarning muqaddas kitobi kutayotgani yuragimni ranjitadi”, degan prezident.

Isroilning Shvetsiyadagi elchisi Ziv Nevo Kulman ham muqaddas kitoblarni ommaviy ravishda yoqib yuborishga ruxsat berilganidan hayrat va shokda ekanini aytadi.

“Men har qanday dinning muqaddas kitoblarini yoqib yuborishni so‘z erkinligiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan nafrat va hurmatsizlik harakati sifatida keskin qoralayman”, — deb yozgan Kulman tvitterda.

Ayni paytda Isroilning Ashkenazi harakati rahbari ravvin Devid Lau Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristerssonga maktub yo‘llab, uni kitobni tahqirlashni to‘xtatishga chaqirdi.

"Men sizni bu harakatning oldini olish uchun qo‘lingizdan kelgan hamma narsani qilishga chaqiraman. So‘z erkinligi hamma narsaga ruxsat berilgan degani emas", - deb Times of Israel Launing maktubidan iqtibos keltiradi.

"Yahudiylarning muqaddas narsalarini har qanday tahqirlash erkinlik emas, balki antisemitizmdir", degan bosh ravvin.

O‘tgan oy Salvan Momika laqabli ekstremist Shvetsiyaning Stokgolm shahridagi masjid oldida politsiya himoyasi ostida Qur’on nusxasini yoqib yuborgan edi.

Uning provokatsion harakati butun dunyo musulmonlari nishonlaydigan asosiy islom diniy bayramlaridan biri Qurbon hayitiga to‘g‘ri keldi.

Bu butun islom olamida, jumladan Turkiya, Iordaniya, Falastin, Saudiya Arabistoni, Marokash, Iroq, Eron, Pokiston, Senegal, Marokash va Mavritaniya tomonidan qoralandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiyada Tavrotni yoqishga ruxsat berildi: Isroil bundan darg‘azab
ePN