08:45 / 16.07.2023
974

Eron Rossiyani hududiy yaxlitlikka tajovuz qilishda ayblamoqda

Eron Rossiyani hududiy yaxlitlikka tajovuz qilishda ayblamoqda

Foto: AP / Ivan Sekretarev

1971 yilda Buyuk Britaniya Fors ko‘rfazidan qo‘shinlarini olib chiqqach, Eron Abu Muso, Katta Tunb va Kichik Tunb orollarini o‘z tarixiy hududi deb e’lon qildi va qo‘shinlarini kiritdi. Tehron hamon ularni nazorat qilmoqda.

2022 yil sentyabr oyida BAA orollarga o‘z da’volarini taqdim etdi. Mamlakat xalqaro hamkorlik vaziri Rim al-Hoshimiy orollarga bo‘lgan huquqni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yoki xalqaro sud orqali eslatishdan to‘xtamasligini ma’lum qildi.

10 iyul kuni Moskvada Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uning yakunida Rossiya orollar maqomi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish haqidagi BAA taklifini qo‘llab-quvvatladi. Rossiya va Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hududiy bahsga aralashib, «diplomatik yechim»ga chaqirishdi.

Bunday bayonot Eron matbuotida keskin tanqidlarga uchradi. Hatto, Rossiya hukumati «do‘stona munosabatlarga xiyonat qilishda» ayblandi.

Rasmiy Tehron ushbu bayonotdan ikki kun o‘tib, Rossiya elchisi Aleksey Dedovni Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirdi. Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va hukumat matbuot kotibi Ali Bahoduriy Eron «milliy manfaatlari va hududiy yaxlitligi bo‘yicha yon bermasligini» aytdi. TIV «bu orollar Eronga abadiy tegishli, bu kabi bayonotlar Eron va uning qo‘shnilari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga zid», degan ma’noda bayonot berdi.

Eron Milliy Xavfsizlik Komissiyasi matbuot kotibi Shahriyor Haydariy bundan ham keskinroq bo‘ldi: «Rossiya strategik xatoga yo‘l qo‘ydi va Eron hukumati va xalqidan kechirim so‘rashi kerak».

Eronning tashqi aloqalar bo‘yicha tahlilchisi Mahdiy Mutahorniya so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya Eron manfaatlarini qurbon qilish orqali o‘zining yakkalanishiga barham bermoqchi».

Uning ta’kidlashicha, «Eron har doim Rossiyaga o‘zining strategik hamkori sifatida qaragan va hatto Ukrainaga qarshi urushda yordam bergan. Lekin Rossiya Tehronning strategik hamkori ekanini isbotlash uchun hech qachon hech narsa qilmagan».


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Rossiyani hududiy yaxlitlikka tajovuz qilishda ayblamoqda
ePN