22:09 / 16.07.2023
798

Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berilishiga Putinning munosabati

Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berilishiga Putinning munosabati

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Ukrainaning kassetali o‘q-dorilarning qo‘llashiga javoban ulardan mos ravishda foydalanish huquqini o‘zida saqlab qolishidan ogohlantirdi.

“Rossiyada turli kassetali o‘q-dorilarning yetarlicha zaxirasi bor. Shu kungacha biz ularni qo‘llamadik, bizda bunday zarurat bo‘lmagan, garchi bizda ham muayyan bir paytda o‘q-dorilarning yetishmasligi kuzatilgan vaqt bo‘lganiga qaramay. Biroq biz ularni (kassetali o‘q-dorilarni – tahr.) qo‘llamadik”, - dedi Putin “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida.

Putin Rossiyaga qarshi kassetali o‘q-dorilar qo‘llanilgan taqdirda u “munosib javob berish huquqini” o‘zida saqlab qolishini ta’kidladi.

Rossiya davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berilishi va ularni qo‘llashni jinoyat deb hisoblash kerak.

“Kassetali o‘q-dorilarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu o‘q-dorilarga AQSH ma’muriyati o‘z xodimlari bayonoti bilan o‘zi baho bergan edi. O‘shanda AQSH ma’muriyatining o‘zi kassetali o‘q-dorilardan foydalanishni jinoyat deb atagandi. O‘ylaymanki, bunga ham shunday munosabatda bo‘lish kerak”, - dedi Putin.

13 iyul kuni Pentagon vakili Ukraina AQSHdan kassetali o‘q-dorilar olganini ma’lum qilgan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berilishiga Putinning munosabati
ePN