22:14 / 16.07.2023
1 214

Arman xristian ruhoniysi musulmon bo‘ldi

Arman xristian ruhoniysi musulmon bo‘ldi

Tarixda nasroniy olimlari islomni qabul qilgan bir qancha mashhur holatlar mavjud. Ushbu o‘zgarishlar ko‘pincha shaxsiy, falsafiy va diniy sabablarga ega. Bu olimlarning ba’zilari Islomni qabul qilishdan oldin o‘zlarining oldingi dinlarida sezilarli e’tibor va e’tirofga erishgan.

Bu misollar nasroniy olimlarining islom dinini qabul qilishlari ularning haqiqat izlashlari, ma’naviy yuksalishlari va dinning turli jihatlarini tushunishlari natijasi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu olimlarning har birining o‘z tarixi, motivatsiyasi boligini ko‘rish mumkin. Ko‘pincha bu chuqur ruhiy izlanish, haqiqat va tinchlik istagi bilan bog‘liq.

Armanistonlik ruhoniy Razmik Kastoryan so‘nggi paytlarda turli nashrlar e’tiboriga tushib qoldi. U turli xil dinlarni o‘rganib, izlanishlari chuqurlashgani sayin g‘alati bir noqulaylikni his qila boshladi: "Bo‘ynimdagi xoch, go‘yo meni bo‘g‘ib qo‘ygandek edi", deydi u. U buni ilohiy alomat deb bildi va Islomga, Payg‘ambar Muhammad alayhissalom  shaxsiyatiga qattiq qiziqish bildira boshladi. Natijada Kastoryan islom dinini qabul qilib, Ramazon ismini tanladi, haj amalini ado etdi, Ka’ba oldida turib Allohga tavba qildi.

Yaqinda bergan intervyusida u o‘zining iymonga kelish sabablari haqida shunday dedi: “Islom menga yagona Xudoga ishonish erkinligini berdi. Din shaxsiy masala va men Islomda najot yo‘limni topganimdan xursandman”. Kastoryanning bu qarori turlicha reaksiyaga sabab bo‘ldi. Ba’zilar uning tanlovini diniy erkinlikning ko‘rinishi sifatida olqishlagan bo‘lsa, ayrimlar dinidan voz kechgani uchun uni tanqid qilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arman xristian ruhoniysi musulmon bo‘ldi
ePN