00:02 / 17.07.2023
298

Italiya ogohlantirmoqda: Yevropada xavo harorati keskin ko‘tarilishi mumkin

Italiya ogohlantirmoqda: Yevropada xavo harorati keskin ko‘tarilishi mumkin

Yevropa va Shimoliy Afrikani yondirayotgan jazirama ba’zi joylarda rekord darajaga yetishi mumkin. Italiyada 48,8 daraja kutilayotgani mamlakat hukumati va aholisida xavotir uyg‘otdi. Ispaniya, Fransiya, Gretsiya, Xorvatiya va Turkiyada havo harorati 40 darajadan oshishi mumkin.

Italiyada o‘nta shahar, jumladan, Florensiya va Rim uchun qizil ogohlantirish e’lon qilindi. Bu yerda harorat 48,8 darajaga yetishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Seshanba kuni mamlakat shimolida 40 yoshlardagi erkak havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida vafot etdi.
 
Italiya matbuoti Lodi shahridagi piyodalar o‘tish joyi uchun asfalt chizayotgan erkak hushidan ketgani va o‘zi olib ketilgan kasalxonada vafot etgani haqida xabar berdi. Italiyalik siyosatchi Nikola Fratoyanni, “Biz chidab bo‘lmas jazirama to‘lqini oldida turibmiz” - dedi.

Lodidagi o‘lim hodisasiga to‘xtalar ekan, Fratoyanni kunning eng issiq vaqtida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan fojialarning oldini olish uchun chora ko‘rishni kechiktirmaslik kerakligini aytdi. Mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlar ham jazirama tufayli hushidan ketayotgani haqida xabarlar bor.
 
Italiya ommaviy axborot vositalari issiq to‘lqinni Dantening «Do‘zax» filmidagi qahramonga asoslanib, Serberus deb atadi. Yevropada havo harorati qayd etila boshlaganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich Italiyada aniqlandi. Sitsiliya orolidagi Sirakuza shahrida termometrlar 2021 yil avgustida 48,8 darajani ko‘rsatgan edi.
 
Meteorologiya agentligi Turkiyada 12-18 iyul kunlari uchun "Mavsumiy ob-havo me’yorlarining janubiy va g‘arbiy hududlarda 5-10 daraja yuqori, boshqa hududlarda esa 2-6 daraja yuqori bo‘lishi taxmin qilinmoqda" deb ogohlantirdi. Shunga ko‘ra, juma kuni Antaliyada havo harorati 44 darajaga yetishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.
 
Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan yili Yevropada jazirama to‘lqini bilan bog‘liq asoratlar tufayli, 60 ming kishi halok bo‘lgan. Leyptsig universiteti xodimi Karsten Xausteynning fikricha, bu oy tarixdagi eng issiq oy sifatida qayd etilishi mumkin: “Tarixdagi eng issiq oy deganda biz oxirgi 120 000 yildagi eng issiq oyni nazarda tutyapmiz. Keyingi bir necha kun ichida janubiy yarimsharda harorat biroz pasayadi, ammo iyul va avgust oylarida El Ninio kuchaygani sababli, biz issiq kunlarni ko‘rishimiz mumkin" dedi Karsten Xausteyn.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiya ogohlantirmoqda: Yevropada xavo harorati keskin ko‘tarilishi mumkin
ePN