06:33 / 17.07.2023
280

Hindiston va Fransiya Ukrainadagi urushni tugatish rejasini tuzmoqda

Hindiston va Fransiya Ukrainadagi urushni tugatish rejasini tuzmoqda

Foto: AP Photo

Hindiston va Fransiya Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish bo‘yicha avvalgilaridan farq qiladigan yangi reja ustida faol ishlamoqda. Bu haqda Le Monde xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi reja Xitoy va Afrika davlatlari ilgari surgan avvalgi tinchlik tashabbuslaridan sezilarli farqlarga ega. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 13-14 iyul kunlari Parijga tashrifi chog‘ida o‘z hukumatiga Fransiya vakillari bilan birgalikda yangi reja ishlab chiqishni topshirgan.

14 iyul kuni Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Modi muhim masalalarni, jumladan, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush oqibatlarini, shuningdek, koronavirus pandemiyasini hal qilish uchun dunyo davlatlarini birlashtirish zarurligini ta’kidlagan.

Fransiya Hindistonni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni hal qilish bo‘yicha tinchlik tashabbuslarini izlashda muhim hamkor deb biladi, deya qayd etadi Le Monde.

Narendra Modi va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘rtasidagi uchrashuvning asosiy qismi Fransiya bilan Osiyo va Afrika davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ushbu urushni muhokama qilishga bag‘ishlangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston va Fransiya Ukrainadagi urushni tugatish rejasini tuzmoqda
ePN