07:55 / 17.07.2023
205

Dunyo tarixdagi eng issiq haftani boshdan kechirdi

Dunyo tarixdagi eng issiq haftani boshdan kechirdi

Foto: San Antonio Express-News

2023 yilning 3-10 iyul kunlari dunyo bo‘ylab eng issiq hafta qayd etildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Meteorologlarning aytishicha, bu harorat ko‘tarilishining oxiri emas. Atmosferadagi karbonat angidrid miqdorining keskin oshishi allaqachon Texas shtatida (AQSH), shuningdek, Gretsiya, Ispaniya, Italiya va boshqa ko‘plab mamlakatlarda jazirama to‘lqinlarni keltirib chiqargan.

Yevropa bo‘ylab ob-havoning “qizil” darajasidagi ogohlantirishlar e’lon qilingan; Xorvatiya, Adriatika dengisi sohillari va Ispaniya Navarrasida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Akropol kabi sayyohlik obyektlari havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilgani sababli yopilgan.

Jahon meteorologiya tashkiloti 1850 yillarda havo haroratini instrumental o‘lchash boshlanganidan beri Yer bunday anomal issiqlikni sezmaganini ma’lum qildi.

“Biz noma’lum hududdamiz va bu sayyora uchun tashvishli yangilik’, — dedi Jahon meteorologiya tashkilotining iqlim xizmati direktori professor Kristofer Xyuitt.
“Iyul butun tarixdagi eng issiq oy bo‘lishi ehtimoli bor... 'Butun' taxminan 120 000 yil avvalgi muzlararo davrni bildiradi”,—  dedi Leypsig universitetining atmosfera radiatsiyasi bo‘yicha tadqiqotchisi Karsten Xausteyn.

Olimlarning ogohlantirishicha, bu yil yoki kelgusi yilda global harorat Selsiy bo‘yicha 1,5 darajadan oshib ketishi mumkin.

Tez orada sodir bo‘ladigan yangi rekord issiqlik to‘lqinining oqibatlari chuqur va xavfli bo‘ladi. O‘tgan yozda Yevropa bo‘ylab havo haroratining keskin ko‘tarilishi oqibatida 61 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, “iqlim o‘zgarishi nazoratdan chiqib ketmoqda. Uning ogohlantirishicha, agar dunyo qazib olinadigan yoqilg‘i chiqindilarini cheklash uchun zarur bo‘lgan asosiy chora-tadbirlarni kechiktirishda davom etsa, bu “halokatli vaziyat”ga olib kelishi mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo tarixdagi eng issiq haftani boshdan kechirdi
ePN