AQShda to‘tiqush jinoyatchiga qarshi ko‘rsatma beradi

To‘tiqush tinimsiz o‘ldirilgan odamning oxirgi so‘zlarini takrorlayverdi
Amerika polisiyasi qidiruv paytida egasining o‘ldirilishiga guvoh bo‘lgan gapiruvchi to‘tiqush aytgan so‘zlardan foydalanishni maqsad qildi. Bu haqda Detroit Free Press xabar beradi.
Nashriyot xabariga ko‘ra, Martin Duram o‘z uyida 2015 yili otib o‘ldirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Martin o‘limidan oldin ayoli Glenna bilan qattiq janjallashgan. Ular o‘rtasidagi aytishuvga to‘tiqush guvoh bo‘lgan. U egasining o‘limidan so‘ng tinimsiz "Don't fucking shoot!" ("Otma!!!") deb qaytaravergan.
To‘tiqushni o‘z qaramoqlariga olgan Martinning qarindoshlari u egasining so‘nggi so‘zlarini takrorlayotganini ishonch bilan ta’kidlashmoqda. Ularning so‘zlariga qaraganda qush egasining aynan gapirish ohangida so‘zlarni qaytarmoqda.
Hozirda Glenna qo‘lga olingan va to‘tiqushning so‘zlari inobatga olinadimi yoki yo‘qmi, bu hali noma’lum. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing