00:18 / 18.07.2023
888

“Tolibon” to‘y kechasi kuyov va mehmonlarni hibsga oldi

Foto: Arshehonline

Afg‘onistonning G‘azni viloyatida “Tolibon” to‘y kechasi kuyov va uning 20 nafar mehmonini hibsga oldi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hibsga olinishga ularning to‘yda musiqa qo‘ygani sabab bo‘lgan. Odamlar 20 ming afg‘oni (taxminan 2 million 634 so‘m) jarima to‘laganidan keyin Jamoat ishlari vazirligi tomonidan qo‘yib yuborilgan.

O‘tgan haftada xuddi shunday tadbir doirasida “Tolibon” Nabovod tumanidagi to‘yxonadan 10 kishini qo‘lga olib, jarima to‘lab, yana qo‘yib yuborgan. “Tolibon” ma’muriyati bu ishni o‘zi uchun daromad manbaiga aylantirgani aytilmoqda.

G‘aznidagi “Tolibon” maʼmuriyati qatʼiy cheklovlar o‘rnatish orqali ushbu viloyatning barcha aholisini to‘y marosimida musiqa chalishga haqli emasligidan ogohlantirgan.

“Tolibon” to‘yxonalar faoliyatini taqiqlagan

“Tolibon” fohishabozlikning oldini olish va “islom shariati”ga rioya qilish sababli bir necha zallarni yopib qo‘ygan.  To‘yxona egalari “Tolibon” harakatini tanqid qilgan. Ulardan biri “Tolibon”ning qarori ishsizlikning ortishiga olib kelishi, investorlarning mamlakatda ishlashga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirishini aytgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” to‘y kechasi kuyov va mehmonlarni hibsga oldi
ePN