09:00 / 18.07.2023
365

Braziliya Ukrainaga qurol yetkazib berishga qarshi chiqdi

Braziliya Ukrainaga qurol yetkazib berishga qarshi chiqdi

Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Viyeyraning aytishicha, Braziliya hukumati Ukrainaga qurol yetkazib berilishiga qarshi. Bu haqda u "RIA Novosti"  agentligiga bergan intervyusida gapirdi.

Viyeyra 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tgan NATO sammiti natijalarini shunday izohladi.

Sammit yakunlari bo‘yicha alyans Ukraina armiyasini modernizatsiya qilish va Ukraina Qurolli kuchlarini NATO standartlariga to‘liq o‘tkazish bo‘yicha uzoq muddatli harbiy yordam dasturini amalga oshirishga va’da berdi.

Sammitdan so‘ng “Katta yettilik” davlatlari bayonot qabul qilib, unda Ukrainaga kelajakda o‘zini mustaqil himoya qila olishi uchun shunday harbiy imkoniyatlar berishni va’da qilishdi.

"Braziliya ziddiyatga kirishgan tomonlarga qurol yubormaslik haqidagi o‘z pozitsiyasiga amal qiladi", - dedi Viyeyra.

Vazirning ta’kidlashicha, Braziliyaning bu boradagi pozitsiyasi, shuningdek, mamlakatning BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan ma’qullanmagan bir tomonlama sanksiyalarga qarshiligi o‘zgarishsiz qolmoqda.

Viyeyra buni "Braziliya tashqi siyosatining tarixiy pozitsiyasi" deb atadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliya Ukrainaga qurol yetkazib berishga qarshi chiqdi
ePN