
18iyulga o‘tar kechasi Ukraina harbiylari Odessa osmonida Rossiyaning 6 ta “Kalibr” raketasini, shuningdek, Odessa va Nikolayev vilo yatlarida 25 ta Shahed kamikadze dronlarini urib tushirdi, deb xabar bermoqda Ukraina Qurolli kuchlarining “Janub” tezkor qo‘mondonligi.
Odessa viloyati ma’muriyati rahbari Oleg Kiperning aytishicha, Odessada urib tushirilgan raketalarning bo‘laklari port infratuzilmasi obyektlari va bir nechta xususiy uylarga zarar yetkazgan. Ulardan birida tinch fuqaro jarohatlangan.

Nikolayevda hujum oqibatida sanoat obyektida zarba qayd etildi, u yerda yong‘in boshlandi, deydi Nikolayev viloyati ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim. Qurbonlar yo‘q.





Ukraina prezidenti ofisining rahbari Andrey Yermak Rossiyaning Ukraina janubiy viloyatlariga hujumini Ukraina donini eksport qilishiga xalal berishga urinish deb baholadi.
18-iyulga o‘tar kechasi Ukraina harbiylari jami Rossiyaning 6 ta “Kalibr” raketasini, 31 ta Shahed-136/131 dronini va bitta razvedkachi samolyotini urib tushirdi, deydi Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi. Xabarda taʼkidlanganidek, raketalar va uchuvchisiz uchoqlarning aksariyati Odessa va Nikolayev viloyatlarida, qolganlari Donetsk, Xarkov va Dnepropetrovsk viloyatlarida urib tushirilgan.
Avvalroq Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim rahbari yarimorol sharqiga 30 ga yaqin dron hujum qilgani haqida xabar bergandi. Qayd etilishicha, dronlar urib tushirilgan yoki zararsizlantirilgan.