06:30 / 19.07.2023
151

Xitoyga kuchli “Talim” tayfuni yopirildi (video)

Xitoyga kuchli “Talim” tayfuni yopirildi (video)

Foto: Getty Images

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab kuchli “Talim” to‘foni yopirildi, 230 ming kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda CGTN xabar berdi.

Yuzlab reyslar va poyezdlar harakati bekor qilingan, mahalliy hukumat qirg‘oq bo‘yidagi o‘nlab sayyohlik markazlarini yopgan va 2500 dan ortiq baliqchi qayiqlarini qirg‘oqqa chaqirib olgan.

Xitoy ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 17 iyul kuni kechqurun shamol tezligi soatiga 140 kilometrga yaqin bo‘lgan Guandun provinsiyasida birinchi tayfun qayd etilgan. Seshanba kuni u qo‘shni Guangsi provinsiyasiga ko‘chgan.

Shundan so‘ng, tayfun Vetnam tomon yo‘l olgan, bu vaqtga kelib u allaqachon zaiflashgan. Guandun provinsiyasida daraxtlar harakatlanayotgan mashinalar ustiga qulagan, dengiz qirg‘og‘ida kit yuvilib ketgan.

O‘t o‘chiruvchilar yo‘llarni vayronalardan tozalagan va daraxtlarning qulagan shoxlari tufayli mashinalarida qolib ketgan odamlarni qutqargan.

Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon viloyatidagi chekka shaharda Selsiy bo‘yicha mamlakatdagi eng issiq harorat — 52,2 daraja qayd etilganidan ikki kun o‘tib, Xitoyga tayfun kirib keldi.

Kuchli yomg‘ir va anomal issiqlik kabi ekstremal ob-havo hozir Osiyoning katta qismiga ta’sir qilmoqda. Yaponiyaning ko‘plab hududlarida havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilgan, shu sababli mahalliy hokimiyat mamlakatning 47 prefekturasidan 32 tasida ogohlantirish bergan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyga kuchli “Talim” tayfuni yopirildi (video)
ePN