Foto: “TASS”
AQSH Qirg‘izistonga nisbatan sanksiyalar joriy etishga tayyorlanmoqda. Vashingtondagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaga Xitoydan dron singari sanksiyalar ostidagi mahsulotlar Qirg‘iziston orqali yetkazib beriladi, deb yozmoqda The Washington Post.
AQSH prezidenti ma’muriyati rasmiylarining WP'ga aytishicha, Qirg‘izistonga qarshi sanksiyalar iyul oyi oxirigacha kiritilishi mumkin. Ular aynan qanday cheklov choralari haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmadi, ammo ilgari bunday holatlarda sanksiyalar aniq qo‘llanilgani, tegishli kompaniyalar qora ro‘yxatga kiritilganini eslatdi.
The Washington Post nashri izoh olish uchun Qirg‘izistonning AQSHdagi elchixonasi bilan bog‘langan. Ular nashrga mamlakat noqonuniy savdoga qarshi kurashga qat’iy sodiq ekanini ta’kidlagan.
Diplomatik muassasa vakillari Rossiya bilan savdo-sotiqning o‘sishini chegaradan o‘tayotgan tovarlarni kuzatish tizimi takomillashtirilgani bilan bog‘lagan. Elchixona, shuningdek, Rossiya Qirg‘izistonning asosiy savdo sheriklaridan biri ekanini, uning hududida bir millionga yaqin Qirg‘iziston fuqarosi istiqomat qilayotganini eslatgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!