date
views 182

«Kapitoliyga hujum» ishi doirasida Trampga uchta ayblov qo‘yiladi

«Kapitoliyga hujum» ishi doirasida Trampga uchta ayblov qo‘yiladi
Foto: AP

AQSH Adliya vazirligi sobiq prezident Donald Trampga 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga bostirib kirish ishi bo‘yicha uchta ayblov qo‘ydi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Yangi ayblovlar AQSH rasmiylarini aldash maqsadida jinoiy til biriktirish va guvohlarga ta’sir o‘tkazish bo‘yicha moddalarni o‘z ichiga oladi. Endi sud Adliya vazirligi ayblovlarini tasdiqlashi kerak.

18 iyul kuni Tramp o‘z tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirgan 2021 yil 6 yanvardagi voqealarga aloqadorlikda ayblanib, hibsga olinishini kutayotganini aytdi. Maxsus prokuror Jek Smit unga federal tergov ostida ekani haqida xabar bergan.

Tramp so‘zlariga ko‘ra, u kengaytirilgan hakamlar hay’ati yoki «katta hakamlar hay’ati» deb ataladigan jyuri oldida chiqishi lozim. Bu esa «deyarli har doim hibsga olinishi va ayblov e’lon qilinishini» anglatadi.

Bu Trampga qarshi uchinchi jinoiy ayblovdir.

Avvalroq, u yozuvchi Jan Kerrollga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va tuhmatda aybdor deb topilgan edi. Sud uni jabrlanuvchiga 5 million dollar tovon puli to‘lashini tayinladi.

Trampga qarshi yana bir ish maxfiy hujjatlarni saqlash bilan bog‘liq. 2023 yil 9 iyun kuni AQSH prokuraturasi tegishli ayblovni qo‘ygan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Kapitoliyga hujum» ishi doirasida Trampga uchta ayblov qo‘yiladi