01:23 / 20.07.2023
530

Pentagon: Xitoy harbiy jihatdan misli ko‘rilmagan darajada kuchaymoqda

Pentagon: Xitoy harbiy jihatdan misli ko‘rilmagan darajada kuchaymoqda

Foto: Public Domain

AQSHning Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi rahbari admiral Jon Akuilinoning aytishicha, Pentagon "Xitoy  harbiy jihatdan misli ko‘rilmagan darajada kuchayayotganini" kuzatmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Xitoyning harakatlari bilan bog‘liq holda qat’iy javob choralarini ko‘rishi kerak.

“Xitoyda harbiy sohaning kuchayishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Va gap nafaqat gipertovushli raketalar haqida, balki barcha imkoniyatlar haqida bormoqda: dengizda, havoda, koinotda”, — dedi Akuilino Aspen xavfsizlik forumi davomida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH qurolli kuchlarining yaqin kelajakdagi asosiy maqsadi Xitoyning gipertovushli raketalariga qarshi kurashish vositalarini yaratish bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga, amerikalik admiral Pekinning xatti-harakatlari to‘g‘ridanto‘g‘ri Qo‘shma Shtatlarga qarshi qaratilgan bo‘lishi mumkinligini tan oldi, ammo har qanday holatda ham Vashington Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishi zarurligini ta’kidladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon: Xitoy harbiy jihatdan misli ko‘rilmagan darajada kuchaymoqda
ePN