11:00 / 20.07.2023
244

Afg‘onistonda “Tolibon” musiqa asboblarini yig‘ib, yoqib yubordi

Afg‘onistonda “Tolibon” musiqa asboblarini yig‘ib, yoqib yubordi

Foto: Twitter

“Tolibon” hukumati bir necha oy davomida Afg‘onistonning qator viloyatlarida, jumladan, poytaxt Kobulda musiqa asboblarini yig‘ib, yoqib yubordi. “Tolibon” ulardan foydalanishni shariat qonunlarini buzish, deb hisoblamoqda, deya xabar berdi Kabul Now.

Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarga qarshi kurashish vazirligining Twitter'dagi bayonotida aytilishicha, musiqa asboblari jamiyatda “musiqa va korrupsiyani targ‘ib qilish” uchun ishlatilmoqda.

“Tolibon” hukumati qoshidagi Axborot va madaniyat vazirligining OAV monitoringi bo‘limi boshlig‘i Abdulhaq Hamad qo‘shiq aytish va musiqa asboblarini chalish shariat qonunlariga zid harakatlar ekanini aytgan. U cholg‘u asboblarini chalib kun kechiradiganlarga o‘zi va oilasi uchun boshqa daromad manbai topishni tavsiya qilgan.

Ma’lumot uchun “Tolibon” Afg‘onistonda 2021 yil avgust oyida hokimiyat tepasiga keldi va o‘z hukumatini tuzdi, shuningdek, fuqarolarning hayotini tartibga solishda bir qator yangi qoidalarni joriy qildi. Xususan, afg‘onlarga omma oldida musiqa ijro etish va mashinada musiqa qo‘yish taqiqlandi.

Ilgari “Tolibon” Afg‘onistonni 1996 yildan 2001 yilgacha boshqargan. O‘sha paytda ham mamlakatda nashiddan boshqa musiqalarni ommaviy ijro etish taqiqlangan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda “Tolibon” musiqa asboblarini yig‘ib, yoqib yubordi
ePN