Foto: Telegram
Rossiyalik Mixail Raduga drel yordamida “aniq tushlar” ko‘rishi uchun o‘zining miyasiga implant o‘rnatdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
40 yoshli erkak yaqinda Rossiyadan Olmaotaga ko‘chib o‘tgan. Qozog‘istonda u uzoq vaqtdan beri rejalashtirilgan operatsiyani o‘tkazishga qaror qilgan. U buni uyda, oddiy drel va boshqa mavjud vositalar yordamida o‘tkazgan.
Manbaga ko‘ra, erkak tushini boshqarish ilinjida implant-elektrod o‘rnatishga qaror qilgan. U yaqin kelajakda odamlar o‘z tushini nazorat qilishi mumkinligiga ishonadi.
U odamlarni bunday narsalarni takrorlamaslikka chaqiradi.
Erkak bir necha bor miya operatsiyasi bo‘yicha qo‘ylarda tajribalar o‘tkazgan. O‘zida olib borgan operatsiyadan besh hafta o‘tib shifokorlar uning bosh suyagidan chipni olib tashlagan. Oksford universiteti neyroxirurgi tajribani “o‘ta xavfli” deb atagan va infeksiya xavfi yuqori bo‘lishidan ogohlantirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!