12:33 / 21.07.2023
536

“Otalar o‘z farzandini dafn qilmasligi kerak” – Nyu-York meri o‘zbekistonlik yigitning janozasida qatnashdi

“Otalar o‘z farzandini dafn qilmasligi kerak” – Nyu-York meri o‘zbekistonlik yigitning janozasida qatnashdi

Foto: NY Post

O‘zbekistonlik muhojirlarning AQSHda otib o‘ldirilgan 15 yoshli o‘g‘li Faridun Mavlonovning janozasiga Nyu-York shahri meri Erik Adams ham tashrif buyurib, marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor qildi.

“U juda sokin va tinch bola edi. U UFCda AQSh chempioni bo‘lish va ikkala davlat bayroqlarini ko‘tarishni xohlagan edi. Lekin yosh ketdi, biz doim u bilan faxrlanardik”, - degan uning buvasi Umara Kamolova. Kamolova shuningdek, mer va politsiyadan shaharda bu kabi fojialarning oldini olishni so‘ragan.

Nyu-York shahri meri Erik Adams ham masjid kelib yigitning janozasiga qatnashdi hamda marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor qilgan. Adamsning so‘zlariga ko‘ra, qotilliklarni to‘xtatish uchun rasmiylar ko‘chalar o‘qotar qurollardan tozalanishi kerak.

 

“Ko‘chalarimizda juda ko‘p qurol bor, yoshlarimiz orasida zo‘ravonlik ham juda ko‘p. Shaharda g‘azab va zo‘ravonlikni saqlaydigan yoshlar bor. Bu juda og‘riqli. Biz bu og‘riqli lahzani qabul qilishimiz va o‘z hayotimizni bolalarni qutqarish uchun bag‘ishlashimiz shart. Yoshlar qo‘rqinchli darajada yoshlarni o‘ldirmoqda. Otalar hech qachon o‘g‘lini dafn qilmasligi kerak. Farzandlarimizni yo‘qotish butun shahrimiz va butun mamlakatimiz uchun ayblovdir. Biz buni o‘zgartirishimiz kerak, biz juda ko‘p va juda ko‘p narsani yo‘qotmoqdamiz,” – deya Nyu-York shahrining meri Erik Adamsning so‘zlarini keltirmoqda mahalliy matbuot.

17 iyul kuni AQShning Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik muhojirlarning 15 yoshli o‘g‘li Faridun Mavlonov halok bo‘ldi. Yigitni 17 yoshli o‘smir otib o‘ldirgani aytilmoqda, politsiya qotilni hali qo‘lga ololgani yo‘q.

 


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Otalar o‘z farzandini dafn qilmasligi kerak” – Nyu-York meri o‘zbekistonlik yigitning janozasida qatnashdi
ePN