01:16 / 22.07.2023
277

Olimlar XVII asrda halokatga uchragan kema qurbonining qiyofasini tikladi (foto)

Foto: Facebook

Olimlar XVII asrda kema halokati paytida vafot etgan ayolning qiyofasini tikladi. Bu haqda “MIR.24” xabar berdi.

Shvetsiyaning Vasa harbiy kemasi 1628 yilda o‘zining birinchi sayohati paytida Stokgolm bandargohida cho‘kib ketgan. 1960 yillarda olimlar halokat joyida yigirmaga yaqin skeletlarni topgan. Erkak ekani aniqlangan skeletlardan biriga Gustav nomi berilgan.

2023 yilda qoldiqlar genetik jihatdan tahlil qilingan va Gustav aslida ayol ekani ma’lum bo‘lgan. Skelet nomini Gertrude deb o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Facebook

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ayol 25-30 yoshida vafot etgan, uning ko‘zlari ko'k, sochi sariq va terisi rangpar bo‘lgan. Shubhasiz, u ekipaj a’zolaridan biriga turmushga chiqqan, aks holda uni bortga qo‘yish mumkin emas edi.

Foto: Facebook

Shvetsiyalik sud-tibbiyot eksperti Oskar Nilsson Gertrudaning bosh suyagi orqali tashqi ko‘rinishini qayta tikladi. Rekonstruksiya jarayonida bosh suyagiga bir necha qatlamli plastilin loy surilgan.

Yuzning nisbati zamonaviy Skandinaviya va Shimoliy Yevropa ayollarining ma’lumotlari asosida hisoblab chiqilgan. Olimlar bosh suyagi tahliliga asoslanib, Gertrudaning quloqlari katta bo‘lganini aytgan.

Foto: Facebook

Skeletning holati Gertrudaning og‘ir hayot kechirganini ko‘rsatgan, ya’ni u jismonan qattiq mehnat qilgan va og‘ir yuklarni ko‘targan.

Foto: Facebook

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar XVII asrda halokatga uchragan kema qurbonining qiyofasini tikladi (foto)
ePN