06:30 / 22.07.2023
286

AQSH Shimoliy Koreyaning yadroviy tahdidiga munosabat bildirdi

Foto: Getty Images

AQSH Shimoliy Koreyani yadro qurolidan foydalanish tahdidi noto‘g‘ri ekanini bildirdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Avvalroq Shimoliy Koreya mudofaa vaziri Kan Sun Nam AQSH strategik suvosti kemasi Janubiy Koreyaga kirishi KXDR tomonidan yadro qurolidan foydalanish shartiga aylanishini aytgandi.

“Yadro qurolidan foydalanish doktrinasi agar Shimoliy Koreyaga yadroviy hujum amalga oshirilgani yoki yaqinlashib qolgani aniqlansa, zaruriy harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi”, — degan u.

Bunga javoban Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx AQSHning yadroviy suvosti kemalari 40 yil ichida birinchi marta Janubiy Koreyaga kirishini qo‘llab-quvvatladi.

“Bunday ritorika (KXDR bayonoti) nihoyatda xavfli”, — deya ta’kidladi Singx.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Shimoliy Koreyaning yadroviy tahdidiga munosabat bildirdi
ePN