20:29 / 22.07.2023
993

Priyanka Chopra “Dunyo go‘zali” bo‘lganida uning turmush o‘rtog‘i Nik Jonas 7 yoshda edi

Priyanka Chopra “Dunyo go‘zali” bo‘lganida uning turmush o‘rtog‘i Nik Jonas 7 yoshda edi

Priyanka Chopra 2000-yilda “Dunyo go‘zali” mukofotini qo‘lga kiritganida, uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Nik Jonas 7 yoshda edi. Xonandaning onasi Denis o‘sha kunni juda yaxshi eslaydi va bu Priyanka bilan Nikning muhabbat qissasi million insonning faqat bittasida uchraydigan holat ekanini isbotlaydi. Nik va ota-onasi Priyanka Chopraning hayotidagi muhim lahzaga guvoh bo‘lgan edi.

Foto: AdMe

Priyanka Chopra “Jennifer Hadson shousi”ning yaqinda efirga uzatilgan qismida 20 yildan ko‘proq vaqt oldin turmush o‘rtog‘i Nik Jonas uni televizorda tomosha qilgani haqida so‘zlab berdi.

Nikning onasi Denis Miller Jonasning aytishicha, uning oilasi 2000-yilda “Dunyo go‘zali” tanlovini tomosha qilgan. Priyanka tanlovda g‘alaba qozondi, bu muvaffaqiyatli karyeraning boshlanishi edi va unga Bollivudni Gollivudga almashtirish imkonini berdi.

“Nima qilayotganimni va bu dunyo qanday yaratilganini bilmasdim, tajribam kam edi”

Foto: AdMe

Bollivud yulduzi Priyanka Chopra nufuzli mukofotni olgan paytda yosh bo‘lganini ta’kidlagan.

“O‘shanda 18 yoshga to‘lgandim va ‘Dunyo go‘zali’ tanlovida g‘olib bo‘ldim. Nima qilayotganimni va bu dunyo qanday yaratilganini bilmasdim, tajribam kam edi”, — deydi aktrisa xotiralarini yodga olib.

Aktrisa nufuzli mukofotni qo‘lga kiritgan vaqtda Nik bolakay edi

Foto: AdMe

Priyanka Chopra tanlov davomida bo‘lajak turmush o‘rtog‘i uning chiqishlarini tomosha qilayotganini bilmas edi.

Aktrisa qaynonasining hikoyasini so‘zlab bergan.

“Men o‘sha lahzani juda yaxshi eslayman. Noyabr oyi edi, Nik 7 yoshda bo‘lgan va u Brodveydagi shouda ishtirok etayotgandi”, — deydi aktrisaning qaynonasi. Denisning so‘zlariga ko‘ra, uning turmush o‘rtog‘i tanlovlarni tomosha qilishni yaxshi ko‘rar, o‘g‘li ham otasining yoniga kelib, teleloyihalarni ko‘rgan. Jonasning oila a’zolari Priyankaning “Dunyo go‘zali—2000” tanlovida g‘olib bo‘lganini tomosha qilgan.

Taqdirga yozilgan muhabbat

Foto: AdMe

Priyanka Chopra “Nik Jonas bilan munosabatlaringizni taqdir deb o‘ylaysizmi?”, degan savolga “balki” deb javob bergan. “Ishonamanki, taqdir bizni har doim birlashtiradi: bir oy, bir yil yoki hatto butun umrga”, — deydi aktrisa. Uning fikriga ko‘ra, insonlar bir muncha vaqt birga bo‘lishi uchun uchrashadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Priyanka Chopra “Dunyo go‘zali” bo‘lganida uning turmush o‘rtog‘i Nik Jonas 7 yoshda edi
ePN