11:00 / 24.07.2023
389

Moskvada ikkita kichik portlash sodir bo‘ldi: dron parchalari topilgan

Moskvada ikkita kichik portlash sodir bo‘ldi: dron parchalari topilgan

Foto: Anton Novoderezhkin/TASS/dpa/picture alliance
Rossiya Mudofaa vazirligi Moskva hududida «ikkita Ukraina uchuvchisiz uchish apparati elektron radioelektron kurashish vositasi yordamida bostirilgani va urib tushirilgani» haqida ma’lum qildi.

Harbiy idora voqeani «terrorchilik hujumini amalga oshirishga urinish» deb atadi.

Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyaninning ma’lum qilishicha, Moskvada ikki noturar binoga uchuvchisiz uchoqlar tomonidan berilgan zarbalar qayd etilgan.

TASS favqulodda xizmatlarning dronlardan biri Moskvaning Lixachev ko‘chasidagi ko‘p qavatli biznes markaziga borib urilgani haqidagi ma’lumotini chiqargan.

Moskvada uchuvchisiz uchoq qoldiqlari topilgunga qadar ikkita kuchli portlash ovozi eshitildi, deya xabar bermoqda Reuters guvohlarga tayanib.

Mash Telegram-kanali Rossiya poytaxtining markazi va janubida yashovchilar baland tovushlar haqida xabar berganini bildirdi.

Telegram'dagi «112» kanalining xabar berishicha, dron Lixachev ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyga kelib urilgan. Nashrning yozishicha, Komsomolskiy prospektidagi ko‘plab binolarda oynalar singan.

Moskvada Komsomolskiy prospektida dron parchalari topildi, deb xabar berdi TASS agentligiga favqulodda xizmatlar. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Komsomolskiy prospekti bo‘ylab avtomobillar harakati to‘sib qo‘yildi, deb xabar qildi Moskva transport departamenti o‘zining Telegram-kanalida.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada ikkita kichik portlash sodir bo‘ldi: dron parchalari topilgan
ePN