17:10 / 26.07.2023
161

AQSH prezidentligiga nomzod Ron Desantis avtohalokatga uchradi

AQSH prezidentligiga nomzod Ron Desantis avtohalokatga uchradi

Foto: AP

Florida gubernatori, Respublikachilar partiyasidan 2024 yilgi prezidentlik saylovida qatnashishga nomzod bo‘lish uchun kurashayotgan Ron Desantis 25 iyul seshanba kuni AQSHning Tennessi shtatining Chattanuga shahrida bo‘lib o‘tayotgan tadbirga ketayotib, avtohalokatga uchradi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Desantis jarohat olmagan, uning jamoa a’zolaridan biri esa yengil jarohatlangan. Voqeaning boshqa tafsilotlari haqida xabar berilmagan.

Ron Desantis shu yilning may oyida Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish huquqi uchun kurashishini rasman e’lon qildi.

44 yoshli Desantis 2019 yildan beri Florida gubernatori lavozimida ishlab kelmoqda. Bungacha u 2013 yildan 2018 yilgacha ushbu shtatdan AQSH Kongressi Vakillar palatasining a’zosi bo‘lgan. U boshqa respublikachi nomzodlar orasida AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning eng jiddiy raqibi sanaladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH prezidentligiga nomzod Ron Desantis avtohalokatga uchradi
ePN