10:05 / 27.07.2023
320

“Tolibon” musulmonlar uchun galstuk taqish taqiqlanganini aytdi

“Tolibon” musulmonlar uchun galstuk taqish taqiqlanganini aytdi

Foto: TOLO news

“Tolibon” harakatining islomiy murojaatlar va hidoyat bo‘limi boshlig‘i Muhammad Hoshim Shahid musulmonlar uchun galstuk taqish taqiqlanganini aytdi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, galstuk aksessuar sifatida nasroniylar bo‘yniga taqib yurgan xochdan kelib chiqqan, shu uchun uni taqish taqiqlanadi. Hoshim Shahid fikrini tasdiqlash tarzida shariat butparastlik ramzi sifatida xochlarni yo‘q qilishni buyurishini aytdi.

U televideniyeda boshlovchilar, kasalxonalardagi shifokorlar va texniklar bo‘yniga galstuk taqayotganidan shikoyat qildi. Bir yil oldin “Tolibon” Mudofaa vazirligi xodimlari ham bo‘yinbog‘ taqib yurgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” musulmonlar uchun galstuk taqish taqiqlanganini aytdi
ePN