
Rossiya prezidenti Vladimir Putin zimbabvelik hamkasbi Emmerson Mnagagvaga vertolyot sovg‘a qildi. Bu haqda Afrika davlati axborot vazirligi xabar berdi.
“Prezident Putin janobi oliylari Emmerson Dambuzo Mnangagvaga vertolyot sovg‘a qildi, u yaqin orada Zimbabvega yetib keladi”, — deyiladi xabarda.
Rossiya va Zimbabve rahbarlarining uchrashuvi 27-iyul, payshanba kuni Sankt-Peterburgda Rossiya—Afrika sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan. Avvalroq Zimbabve prezidenti hukumatni tanqid qilishni taqiqlagandi.
Qonun zimbabveliklar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bunga qarshi bo‘lganlar uchun o‘lim jazosigacha bo‘lgan hukm nazarda tutilgan.
Bunday harakatlar “mamlakat suvereniteti va milliy manfaatlariga qasddan zarar yetkazish” sifatida baholanadi. Ushbu jinoyatlarni sodir etganlar fuqarolikdan mahrum etilishi, 20 yilgacha qamoqqa olinishi yoki o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin, garchi oxirgi jazo 20 yil davomida Zimbabveda qo‘llanilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!