19:09 / 28.07.2023
524

Ukraina qarshi hujumning asosiy bosqichiga o‘tdi

Ukraina qarshi hujumning asosiy bosqichiga o‘tdi

Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumning asosiy bosqichini boshladi. Bu haqda "The New York Times" nashri Pentagon vakillariga tayanib xabar bermoqda.

"Ukraina o‘zining qarshi hujumining asosiy qismini boshlab, aksariyati G‘arbda tayyorgarlikdan o‘tgan zaxiradagi minglab harbiylarni jangga kiritmoqda", — deyiladi nashr xabarida.

Gazetaning boshqa manbalariga ko‘ra, agar muvaffaqiyatli bo‘lsa, yangi operatsiya bir haftadan uch haftagacha davom etadi.
Shu bilan birga, "The Washington Post" gazetasining amerikalik amaldorga tayanib yozishicha, Ukraina qarorining maqsadi haligacha noma’lum.

"Bu (Ukrainaning hozirgi harakatlari — tahr.) muhim qadam ekanligiga katta ishonch yo‘q", — deya amerikalik amaldor so‘zlaridan gazeta iqtibos keltirgan.

Sputnik radiosi efirida harbiy siyosatshunos, Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti siyosiy tahlil va ijtimoiy-psixologik jarayonlar kafedrasi mudiri Andrey Koshkin jangovar harakatlar shiddati haqiqatan ham kuchayganini ta’kidladi.

Biz, albatta, barcha frontlar bo‘ylab faol jangovar harakatlar sodir bo‘layotganini bilamiz. Ularning jadalligi oshdi, bu haqiqatni hech kim inkor qila olmaydi. Lekin qaysi bosqichda — noma’lum, chunki biz allaqachon xorijdan qarshi hujum haqida ko‘plab bayonotlar va sharhlar eshitganmiz: u qachon boshlanadi, qancha davom etadi, allaqachon tugaganmi yoki davom etmoqdami yoki yo‘q. Bugungi kunda, menimcha, qaysi bosqich ekanligi muhim emas.

Asosiysi — natija. Natija quyidagicha: Rossiya Qurolli kuchlari muvaffaqiyatni ta’minlaydigan o‘ziga yuklangan jangovar topshiriqlarni samarali bajarib kelmoqda. Bugunga qadar UQKning qarshi hujumi unga foyda olib kelmagan va qandaydir natijaga erishishining iloji yo‘q”, — dedi Andrey Koshkin.

Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina qarshi hujumning asosiy bosqichiga o‘tdi
ePN